BRONZA DAVRI ARXEOLOGIK MANBALARIDA MUSIQACHINING IJTIMOIY MAQOMI: GALA VA NAR INSTITUTLARI TIZIMLI-FUNKSIONAL MODELI

Authors

  • Nazaraliyev Gair Kuchkinovich Author

Abstract

Qadimgi sivilizatsiyalarda musiqachilar jamiyatda alohida mavqega ega bo‘lishgan. Bronza davri (mil. avv. IV–II mingyilliklar)ga oid Mesopotamiya, Misr, O‘rta Osiyo kabi hududlardan topilgan yozma va arxeologik manbalar musiqachilarning diniy va dunyoviy sohalardagi o‘rni yuksak bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, Mesopotamiya (Qadimgi Shumer va Akkad jamiyati) manbalarida musiqachilar ikki toifaga bo‘lingan holda tilga olinadi: “Gala” va “Nar”. Ushbu atamalar musiqachi va qo‘shiqchilarning jamiyatdagi turli funksional vazifalarini ifodalab, o‘sha davr musiqachilik institutlarining tizimli tuzilishini aks ettiradi. Quyida Bronza davridagi Gala va Nar institutlarining vazifalari va ijtimoiy maqomi tizimli-funksional yondashuvda tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Nazaraliyev Gair Kuchkinovich

    Muallif: Termiz davlat Pedagogika instituti Magistratura bo`limi Musiqa ta`limi va san`at mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

Published

2025-12-02