MATEMATIKA O‘QITISHNI TASHKIL ETISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKA DARSI

Authors

  • Mamatova Zilolaxon Xabibulloxonovna Author
  • Mamazokirov Doniyorbek Karimjon o’g’li Author

Keywords:

Metodika, Dars jarayoni, Kompetensiya, Integratsiya, Interaktiv metodlar, Axborot texnologiyalari, Differensial yondashuv, STEAM, Vizualizatsiya, Muloqot, Baholash, Refleksiya, Mustaqil ta’lim, Motivatsiya, Didaktik tamoyillar, Pedagogik texnologiyalar, Analitik fikrlash, Muammo yechish, O‘quv faoliyati, O‘qituvchi roli.

Abstract

Ushbu maqolada matematika o‘qitishni samarali tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Unda interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv va STEAM tamoyillarining matematika darslaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, amaliy masalalarni hal etishga va matematik savodxonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar beriladi. Zamonaviy matematika darsining tuzilishi, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil etish, baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar ham yoritilib, matematika ta’limining sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

Author Biographies

  • Mamatova Zilolaxon Xabibulloxonovna

    Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD)

    mamatova.zilolakhon@gmail.com

  • Mamazokirov Doniyorbek Karimjon o’g’li

    mamzokirovdoniyorbek@gmail.com

    Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Published

2025-12-02