OZUQALARNI MOLLARGA BERISHGA TAYYORLASH CHET EL TEXNOLOGIYALARI VA AVTOMATLASHTIRILGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BOSHQARISH
Abstract
Respublikamizning ilg‘or chorvachilik xo‘jaliklarida sutdor sigirlar va ona qo‘ylarni ratsionida oqsilga boy ozuqalar ko‘proq bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu tajribada isbotlangan. Masalan, rivojlangan chet el tajribasiga ko‘ra, sigirlar ratsionidagi ozuqalar tarkibida protein (oqsil) miqdori talab etilganga nisbatan 25-30% oshirilsa, birinchidan, ularning suti 10%, sutining yog‘i va oqsili 0,2-0,3% hamda sutidagi quruq moddalar 0,3-0,5% ortgan va aksincha, agar yem-xashakning sifati past, unda protein va (oqsil) yetarli darajada bo‘lmasa, u holda sut miqdori 20%, yog‘ va oqsil 0,3-0,4%, quruq moddalar 0,7-0,9% ga kamayib ketgan. Lekin ratsionda oqsilga juda boy bo‘lgan ozuqalar miqdorini ko‘paytirib yuborish ham ijobiy natija bermaydi. Masalan. A.S.Solun fikricha, bunday vaqtda sigir oshqozonida ozuqalar sust achiydi, sirka kislota hosil bo‘lishi kamayadi va ichaklarda shimilishi uchun talab etilgan ozuqa tayyor holda kelmaydi, pirovardida, sutning yog‘i ham kamayib, oqsilning asosiy qismi axlati bilan (foydasiz xolda) tashqariga chiqarib yuboriladi.