XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARINING MOLIYA INSTITUTLARI VA KORXONALAR FAOLIYATIGA TA’SIRI
Keywords:
xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, IFRS, moliya institutlari, korxonalar, moliyaviy hisobot, joriy etish, shaffoflik.Abstract
Ushbu maqola xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining (IFRS) moliya institutlari va korxonalarning faoliyatiga ta’sirini tahlil qiladi. Maqolada IFRSning nazariy asoslari, moliyaviy hisobotlarni shakllantirishdagi ahamiyati hamda moliya institutlari va korxonalarda uning joriy etilishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy jihatlar ko‘rib chiqilgan. Maqola IFRS standartlarini moliyaviy institutlar va korxonalarda qo‘llashning afzalliklari, jumladan, shaffoflik, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini yoritadi. Shu bilan birga, standartlarni tatbiq etishda duch kelinadigan qiyinchiliklar, jumladan, normativ-huquqiy bazaning to‘liq emasligi, kadrlar malakasining pastligi va tizimlarni raqamlashtirishdagi muammolar ham muhokama qilinadi.