BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Authors

  • Moyliyeva Dildora Abdurasulovna Author

Keywords:

interfaol metod, matematika, boshlang‘ich sinf, pedagogik texnologiya, o‘quvchi faolligi, innovatsion yondashuv, mantiqiy fikrlash, kompetensiya.

Abstract

Ushbu ishda boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi yoritiladi. Interfaol metodlar o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda matematik tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot jarayonida “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Klaster”, “Insert”, “Nilufar guli”, “Fishbone” kabi metodlarning boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilar psixologik xususiyatlariga mosligi, ularning e’tiborini jamlash va darsni qiziqarli tashkil etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Olingan natijalar interfaol metodlardan tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanish matematika darslarining samaradorligini oshirishini, o‘quvchilarda matematik kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.

Author Biography

  • Moyliyeva Dildora Abdurasulovna

    Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti pedagogika mutaxassisligi magistratura 1-bosqich 707-guruh talabasi

Published

2025-12-06