O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMI VA ID-KARTA TIZIMLARINING JORIY ETILISHI HAMDA BARMOQ IZLARINI RO‘YXATGA OLISHNING SHAXSI NOANIQ SHAXSLARNI ANIQLASHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Pasport tizimi,ID karta,barmoq izi,biometrik ma’lumotlar, O‘zbekiston qonunchiligiAbstract
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi va ID-karta tizimlarining tarixiy rivojlanishi, joriy etilishi hamda biometrik identifikatsiya, xususan barmoq izlarini ro‘yxatga olishning shaxslarni aniqlashdagi afzalliklarini o‘rganadi. Tadqiqot tarixiy hujjatlar, qonuniy asoslar va zamonaviy raqamlashtirish jarayonlariga tayangan holda ushbu tizimlarning xavfsizlik, samaradorlik hamda fuqarolik huquqlarini ta’minlashdagi rolini tahlil qiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, biometrik texnologiyalarning bosqichma-bosqich joriy etilishi O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tishini tezlashtirmoqda.
Downloads
Published
2025-12-08
Issue
Section
Articles