FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ORQALI HISSIYOT IFODALANISHINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Keywords:
fraziologik birliklar, hissiyot, lingvistika, ispan tili, lingvokulturologiya, nutq faoliyati, madaniyat, fraza, ibora.Abstract
Frazeologik birliklar tilning eng obrazli, milliy-madaniy ruhni eng yorqin aks ettiruvchi qatlamidir. Ular nafaqat semantik yaxlitlikka ega tayyor birliklar, balki xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari, urf-odatlari hamda hissiyotlarni ifodalashning o‘ziga xos uslublarini mujassamlashtiradi. Hissiyotlarni obrazli ifodalash, odatda, metaforik asosga ega bo‘lib, turli xalqlarning madaniy tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada ispan va o‘zbek tillarida frazeologizmlar orqali hissiyotlar ifodalanishining lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Hissiyotlar inson hayotining ajralmas qismi boʻlib, ular nutqimizda turli yoʻllar bilan ifodalanadi. Frazeologik birliklar esa hissiyotlarni yorqin va taʼsirchan ifodalashda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek tilidagi frazeologik birliklar orqali ifodalangan hissiyotlar nafaqat emotsional holatni aks ettiradi, balki milliy madaniyat, urf-odatlar va anʼanalarni ham oʻzida mujassamlashtiradi.