ADABIY MATNLARNI TARJIMA QILISH MUAMMOLARI
Keywords:
adabiy tarjima, tarjima muammolari, badiiy asar tarjimasi, madaniy moslashuv, poetik vositalar, til o‘ziga xosligi, muallif uslubi, badiiy obrazlar, tarjimada ko‘pma’nolik, lingvistik to‘siqlar.Abstract
Tarjima san’ati insoniyat taraqqiyoti davomida juda muhim ahamiyat kasb etgan faoliyat sohalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, adabiy matnlarni tarjima qilish murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lganligi sababli har bir tarjimon nafaqat til bilimiga, balki san’at va madaniyatga chuqur tushuncha ega bo‘lishi lozim. Adabiy matnlar, o‘zining o‘ziga xos poetik va estetik xususiyatlari, badiiy obrazlar, ifoda vositalari, til o‘yinlari, milliy-madaniy kolorit va boshqa jihatlari bilan boshqa matnlardan tubdan farq qiladi. Shu sababli, tarjimon oldiga adabiy matnlarni tarjima qilishda murakkab va ko‘p qirrali muammolar yuzaga keladi.
Downloads
Published
2025-12-08
Issue
Section
Articles