SINONIM VA FRAZEOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISHDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR

Authors

  • Sharipova Madina Kenja qizi Author

Keywords:

sinonim tarjima, frazeologizm tarjimasi, lingvistik tafovut, semantik ekvivalent, madaniy tafovutlar, badiiy tarjima qiyinchiliklari, emotsional ohang, uslubiy tafovut, kontekstual analiz, tarjima strategiyasi.

Abstract

Sinonim va frazeologizmlarni tarjima qilishda uchraydigan qiyinchiliklar adabiy tarjima nazariyasida muhim mavzulardan biridir. Tarjima jarayonida, ayniqsa, badiiy asarlarni boshqa tilda ifodalashda sinonim va frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari tarjimon uchun katta sinov bo‘lib xizmat qiladi. Sababi, har bir tilning o‘ziga xos leksik-semantik boyligi, milliy mentaliteti, madaniy tafakkuri, hatto tarixiy taraqqiyoti bilan ham sinchkov bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun adabiy matnlarni tarjima qilishda ham, aynan sinonimlarning to‘g‘ri tanlanishi va frazeologizmlarning mazmunan, shaklan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasa-da, ekvivalent tarzda uzatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Sharipova Madina Kenja qizi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

    Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti (ingliz tili) 4-kurs talabasi.

Published

2025-12-08