IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON TIJORATNING AHAMIYATI

Authors

  • Yuldashev Shadiyor Shuxrat o‘g‘li Author
  • Yo‘ldosheva Shahzoda Bahrombek qizi Author

Keywords:

axborot texnologiyalari, Internet, yuqori texnologiyali xizmatlar, elektron tijorat, elektron ommaviy axborot vositalari

Abstract

Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro elektron kanallar orqali savdo va xizmat almashinuvi jarayonlarini amalga oshirishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Internetning global axborot maydoni sifatida shakllanishi biznesni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqdi. Shu bilan birga, elektron to‘lov tizimlarining takomillashuvi, mobil ilovalar va raqamli platformalarning ommalashuvi elektron biznes hamda elektron tijoratning iqtisodiyotdagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Natijada, elektron tijorat yirik va kichik korxonalar, tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslar faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi bilan iqtisodiy jarayonlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Author Biographies

  • Yuldashev Shadiyor Shuxrat o‘g‘li

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To'rtko'l fakulteti Mutaxassislik gumanitar va aniq fanlar kafedrasi Katta o‘qituvchisi

  • Yo‘ldosheva Shahzoda Bahrombek qizi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To'rtko'l fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi talabasi

Published

2025-12-09