ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOG’LANGAN NUTQINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA ISHNI TASHKIL ETISH
Keywords:
Eshitishida nuqson, bog‘langan nutq, korreksion ta’lim, maxsus metodika, eshituv qoldig‘i, vizual tayanch, lingvistik rivojlanish.Abstract
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bog‘langan nutqini shakllantirish jarayoni va uni samarali tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi maxsus ta’lim muassasalarida korreksion ta’lim jarayonini takomillashtirish zaruriyati bilan izohlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — eshituv analizatori faoliyati cheklangan bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirishning metodik yo‘nalishlari va bosqichlarini aniqlashdir. Maqolada nutq shakllanishining psixologik omillari, vizual tayanchlar asosidagi mashqlar, eshituv qoldig‘idan foydalanish metodlari va pedagogik texnologiyalar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tizimli, individual yondashuvga asoslangan korreksion ish bolalarning bog‘langan nutq ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi.