SHTAKELBERG MODELINING MOHIYATINI REAL KORXONA MISOLIDA YORITISH

Authors

  • Yagmurova Derman Author
  • Raxmatullayev Umar Author

Abstract

Maqolada iqtisodiy nazariyaning muhim tushunchasi bo‘lgan Shtakelberg modelining mohiyati, matematik tarkibi hamda amaliy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Model asosida yetakchi (lider) va izdosh (folovyer) korxonalar orasidagi dinamik raqobat, qarorlar ketma-ketligi, strategik oldinga chiqish afzalligi (first-mover advantage) ko‘rib chiqiladi. Tahlil uchun Samsung va Apple kompaniyalari smartfon bozoridagi raqobati real misol sifatida olingan. Natijalarda Shtakelberg modeli orqali Samsungning yetakchi sifatida ishlab chiqarish hajmini oldindan e’lon qilishi, Apple esa unga reaksiya sifatida narx va sifat strategiyasini sozlashi ko‘rsatilgan. Ushbu yondashuv iqtisodiy tadqiqotchilar, boshqaruv mutaxassislari hamda korporativ strateglar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Yagmurova Derman

    Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti

    talabasi

  • Raxmatullayev Umar

    Assistant

Published

2025-12-10