AGRAR SIYOSAT,OZIQ-OVQAT TA'MINOTI VA XAVFSIZLIGI
Keywords:
Agrar siyosat, oziq-ovqat ta’minoti, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, barqaror rivojlanish, eksport-import, agroiqtisodiyot, oziq-ovqat bozori, davlat siyosati, infratuzilma, ijtimoiy himoya, resurslardan samarali foydalanish.Abstract
Ushbu maqolada agrar siyosatning mazmuni, uning qishloq xo‘jaligi tizimidagi o‘rni hamda oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda oziq-ovqat xavfsizligini barqaror usullar asosida ta’minlash mexanizmlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining vazifalari, oziq-ovqat bozori barqarorligini ushlab turish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, global xavfsizlik tahdidlari, iqlim o‘zgarishi, resurs tanqisligi, import-eksportdagi nomutanosiblik kabi dolzarb muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi. Maqola agrar siyosatning oziq-ovqat tizimiga ta’siri va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi strategik yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan.