AVTOTRANSPORT DETALLARINING ISHQALANISHIDA YEYILISHIGA BARDOSHLIGINI UCH BOSQICHLI NITROOKSIDLASH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
nitrooksidlash, diffuziya, mikroqattiqlik, tribologiya, yeyilish koeffitsienti, sirt mustahkamlash.Abstract
Ushbu maqolada avtotransport detallarining ishqalanish jarayonida yuzaga keladigan yeyilishga bardoshliligini oshirishga qaratilgan uch bosqichli nitrooksidlash texnologiyasining ilmiy asoslari va amaliy samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida detallar sirtida hosil bo‘ladigan nitrid-oksid qatlamlarining mikrostruktura xususiyatlari, diffuziya jarayonlari, mikroqattiqlikning chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi va tribologik ko‘rsatkichlarga ta’siri eksperimental metodlar asosida o‘rganildi. Metallografik tahlil, rentgen-fazaviy tadqiqotlar, mikroqattiqlik sinovlari hamda yeyilish koeffitsientini aniqlash bo‘yicha olib borilgan izlanishlar nitrooksidlash texnologiyasi detallar sirt mustahkamligini sezilarli oshirishini va yeyilish jarayonini ikki baravargacha kamaytirishini ko‘rsatdi. Korroziyaga chidamlilik testlari ham nitrid-oksid qatlamining agressiv muhitlarda qo‘shimcha himoya berishini tasdiqladi. Olingan natijalar uch bosqichli nitrooksid qoplamalar avtotransport detallarining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beradi.