DUNYONING YETTI MO‘JIZASIDAN QADIMGI MISR: PIRAMIDALAR VA DAHMALAR
Keywords:
Qadimgi Misr, Piramidalar, Ehromlar, Giza, Saqqara, Abu Ro‘vosh, Fir’avnlar, Arxeologiya, Me’morchilik, Diniy marosimlar, Madaniy merosAbstract
Ushbu maqolada qadimgi Misrning piramidalari va ehromlari, ularning kelib chiqishi, me’moriy tuzilishi, diniy-falsafiy ahamiyati hamda Misr sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni keng yoritiladi. Dastlab Abu Ro‘vosh, Giza va Saqqara kabi mashhur yodgorlik maydonlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularning tarixiy funktsiyasi, fir’avnlar hukmronligi davridagi qurilish jarayonlari, diniy marosimlar bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Piramidalarning qurilish texnologiyalari, ulardan foydalanilgan materiallar, ularning astronomik va geografik moslashuvi, shuningdek, ularni barpo etishda qatnashgan mehnatkashlar hayoti haqida ilmiy fikrlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada piramidalar bilan bog‘liq zamonaviy arxeologik topilmalar va restavratsiya ishlari ham o‘z aksini topgan. Ushbu izlanishlar, qadimgi Misr yodgorliklarining jahon tarixidagi beqiyos o‘rnini ochib berishga xizmat qiladi.