QON AYLANISHI BIOFIZIKASINI ZAMONAVIY MODELLAR YORDA-MIDA O‘QITISHDA INTERDISTSIPLINAR YONDASHUVNING O‘RNI

Authors

  • Irgashev Suyundik Uktamovich Author

Keywords:

Interdistsiplinar yondashuv, Qon aylanishi fiziologiyasi, Puazeyl qonuni, Simulyatsiya, Virtual Haqiqat (VR), Sunʼiy Intellekt (AI), Gipertoniya, Septik shok.

Abstract

Tibbiyot taʼlimida qon aylanishi kabi murakkab tizimlarni o‘rganishda interdistsiplinar yondashuv zarur. Anʼanaviy usullar Puazeyl qonuni kabi fundamental qonuniyatlarning Gipertoniya yoki Septik shok kabi klinik holatlarga taʼsirini to‘liq tushuntira olmaydi. Ushbu maqolada fiziologiya, fizika, matematika va IT bilimlarini integratsiyalashning ahamiyati asoslanadi. Tadqiqotda Qon bosimi formulasi hamda uning kasalliklar misolidagi buzilishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Virtual Haqiqat (VR) va Sunʼiy Intellekt (AI) Mashinaviy O‘rganish (ML) modellarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari ko‘rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, interdistsiplinar yondashuv talabalarning tizimli fikrlashini mustahkamlab, tibbiy kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi.

Author Biography

  • Irgashev Suyundik Uktamovich

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali assistenti

    E-mail: Irgashev_2019@bk.ru

     

Published

2025-12-11