PEDIATRIYA AMALIYOTIDA OTA-ONALARGA MO‘LJALLANGAN SOG‘LOMLASHTIRUVCHI TRENINGLAR METODIKASI

Authors

  • Odashboyeva Hilola Author

Keywords:

pediatriya, ota-onalar, sog‘lomlashtiruvchi trening, metodika, bola tarbiyasi, psixologik qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzi, oilaviy muhit, gigiyena, profilaktika, педиатрия, родители, оздоровительный тренинг, методика, воспитание ребёнка, психологическая поддержка, здоровый образ жизни, семейная среда, гигиена, профилактика, pediatrics, parents, health-improving training, methodology, child upbringing, psychological support, healthy lifestyle, family environment, hygiene, prevention

Abstract

Pediatriya amaliyotida ota-onalarga mo‘ljallangan sog‘lomlashtiruvchi treninglar o‘ziga xos pedagogik va psixologik metodik yondashuvlardan iborat bo‘lib, bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy sharoitda bolalarda uchrayotgan surunkali kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi va ruhiy zo‘riqish holatlari oilaviy muhitning ta’siri bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli ota-onalarni tibbiy, psixologik va pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, ularni amaliy ko‘nikmalarga ega qilish dolzarb masala hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi treninglar ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabatini sog‘lomlashtirish, oilada ijobiy emotsional muhitni shakllantirish, bola va ota-ona o‘rtasidagi psixologik muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur maqolada sog‘lomlashtiruvchi treninglarning mazmuni, ularni tashkil etish bosqichlari, metodik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Treninglarning diagnostika, nazariya, amaliy mashg‘ulotlar va refleksiya bosqichlari batafsil yoritilib, ota-onalar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlarning psixologik-pedagogik ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, tadqiqotda sog‘lomlashtiruvchi treninglarning pediatriya amaliyotida qo‘llanishi nafaqat bolalarning jismoniy sog‘lig‘ini mustahkamlash, balki ularning ruhiy barqarorligi va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashdagi o‘rni ham ochib beriladi. Ota-onalarning treninglardagi faol ishtiroki oilaviy sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil sifatida qaraladi. Xulosa o‘rnida, treninglarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, ota-onalarga interaktiv qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalar berish orqali ularning samaradorligini yanada oshirish mumkinligi ta’kidlanadi.

Health-promoting trainings for parents in pediatric practice represent a unique combination of pedagogical and psychological methodological approaches aimed at ensuring the healthy development of children. In modern conditions, the prevalence of chronic diseases, malnutrition, lack of physical activity, and psychological stress among children are closely related to the family environment. Therefore, equipping parents with medical, psychological, and pedagogical knowledge, as well as providing them with practical skills, is considered an urgent task. Health-promoting trainings serve to improve parental attitudes toward children, create a positive emotional climate in the family, and strengthen psychological communication between parents and children. This article analyzes the content of health-promoting trainings, their organizational stages, methodological foundations, and practical effectiveness. The diagnostic, theoretical, practical, and reflection phases of training are thoroughly discussed, while the psychological and pedagogical significance of sessions designed for parents is highlighted. Furthermore, the study emphasizes that the application of such trainings in pediatric practice not only strengthens children’s physical health but also contributes to their psychological stability and personal development. Active participation of parents in these trainings is regarded as a crucial factor in forming a healthy family lifestyle. In conclusion, it is emphasized that the effectiveness of trainings can be further enhanced by systematizing them, providing parents with interactive manuals, and offering practical recommendations that ensure their sustainability and real-life applicability.

Оздоровительные тренинги для родителей в педиатрической практике представляют собой уникальное сочетание педагогических и психологических методических подходов, направленных на обеспечение здорового развития детей. В современных условиях распространение хронических заболеваний, неправильное питание, недостаток физической активности и психоэмоциональное перенапряжение у детей тесно связаны с семейной средой. Поэтому вооружение родителей медицинскими, психологическими и педагогическими знаниями, а также предоставление им практических навыков является актуальной задачей. Оздоровительные тренинги способствуют улучшению отношения родителей к детям, формированию положительного эмоционального климата в семье и укреплению психологической коммуникации между родителями и ребёнком. В данной статье анализируются содержание оздоровительных тренингов, этапы их организации, методические основы и практическая эффективность. Подробно рассматриваются диагностический, теоретический, практический и рефлексивный этапы тренингов, а также обосновывается психолого-педагогическая значимость занятий, ориентированных на родителей. Кроме того, в исследовании подчеркивается, что применение подобных тренингов в педиатрической практике способствует не только укреплению физического здоровья детей, но и обеспечивает их психологическую устойчивость и личностное развитие. Активное участие родителей в тренингах рассматривается как важный фактор формирования здорового образа жизни в семье. В заключение отмечается, что эффективность тренингов может быть повышена за счёт их систематизации, предоставления родителям интерактивных пособий и практических рекомендаций, что обеспечит их устойчивость и реальную применимость в жизни.

Author Biography

  • Odashboyeva Hilola

    Qoʻqon Universiteti Andijon filiali

    Pediatriya ishi 24_03 guruh talabasi

Published

2025-09-14