“HAMSHIRALAR OʻRTASIDA NOINFEKSION KASALLIKLARNI RIVOJLANISHINI OLDINI OLISHGA YO‘NALTIRILGAN JISMONIY FAOLIYAT BOʻYICHA TAVSIYALAR”
Keywords:
: hamshiralar salomatligi, noinfeksion kasalliklar, surunkali kasalliklar xavfi, kasbiy omillar, stress va psixoemotsional zoʻriqish, kasbiy charchoq, sogʻlomlashtiruvchi dasturlar.[2].Abstract
Soʻngi yillarda sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari, ayniqsa hamshiralar orasida noinfeksion kasalliklar soni ortib bormoqda. Ularning uzoq davom etuvchi ish soatlari, yuqori ruhiy va jismoniy zoʻriqish, stressli muhit va yetarli dam olmaslik sogʻliq bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmoqda, shu sababli hamshiralarning sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish, jismoniy faollikni oshirish hamda kasbiy sogʻlomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqola aynan shu muammoni ilmiy jihatdan tahlil etish va amaliy yechimlar taklif etishga qaratilgan. Ushbu ilmiy maqola hamshiralar orasida noinfeksion kasalliklarning yurak qon tomir, endokrin, asab, tayanch harakat tarqalish holatini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqot davomida hamshiralarning mehnat sharoiti, stress darajasi, ovqatlanish odatlari hamda jismoniy faollik bilan bogʻliq omillar tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasbiy faoliyat davomida jismoniy yuklamani me`yorda ushlab turish va muntazam sport mashgʻulotlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar hamshiralarning sogʻligini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish va kasbiy charchoqlarning oldini olishga xizmat qiladi. [1].