PAAS TEXNOLOGIYALARINING ELEKTROTEXNIK MAJMUALARNI AVTOMATLASHTIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
bulutli hisoblash, PaaS, elektrotexnik majmualar, avtomatlashtirish, SCADA, IoT, PLC, sanoat 4.0, Digital Twin, Edge ComputingAbstract
Maqolada Platform as a Service (PaaS) texnologiyalarining elektrotexnik majmualarni boshqarish va avtomatlashtirishdagi o‘rni, samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi batafsil tahlil qilinadi. PaaS platformalari yordamida zamonaviy SCADA tizimlari, turli IoT qurilmalari va PLC-larni bulutli muhitda integratsiyalashning samarali va innovatsion yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada PaaS yechimlarini joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan texnik, iqtisodiy va tashkiliy masalalar ham tahlil qilinadi, ularni hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston sharoitida amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari PaaS platformalari yordamida elektrotexnik majmualarni avtomatlashtirish orqali ishlash samaradorligini oshirish, nosozliklarni kamaytirish, energiya va resurslarni tejash hamda masofaviy monitoring va boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirish mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqola sanoat 4.0 va Digital Twin kabi zamonaviy texnologiyalar bilan PaaS integratsiyasining afzalliklarini yoritadi.