STEAM ta’lim [STEAM education] ning o’ziga xos xususiyatlari
Keywords:
STEAM ta’limi, integratsiya, texnologiya, muhandislik, kreativlik, tanqidiy fikrlash, amaliy o‘rganish, innovatsion yondashuv, jamoaviy ish, raqamli kompetensiya.Abstract
Ushbu maqolada STEAM ta’limining mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. STEAM yondashuvining asosiy komponentlari — tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikaning integrativ tarzda birlashtirilishi orqali o‘quvchilarda kreativlik, tanqidiy fikrlash, muammolarni yechish, jamoada ishlash va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tadqiq qilingan. Maqolada shuningdek, statistika va zamonaviy kasblarga bo‘lgan talab asosida STEAM ta’limining dolzarbligi asoslab berilgan. Ushbu yondashuvning maktabgacha ta’limdan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llanishi bolalarda nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, innovatsion fikrlash va real hayotiy muammolarga yechim topish qobiliyatini shakllantirishi ta’kidlangan.