JURNALISTIKANING TA’SIR FUNKSIYASI VA BADIIY PUBLITSISTIKA
Keywords:
O‘zida ham publitsistik, ham ilmiy, ham badiiy xususiyatlarni jamlagan yana bir badiiy-publitsistik janr – esse haqida ham shu fikrlarni aytish mumkin. Mazkur janr o‘zida ijtimoiy hayotning barcha qirralarini aks ettirishi, muammo va masalalarni ko‘tarib chiqishi mumkin. Odatda mazkur janr ko‘proq jurnal nashrlaridan joy oladi, gazetalarda esa odatda “badia” yoxud “badiha” deb nomlanuvchi qisqaroq ko‘rinishlari beriladi. Hayot voqea va hodisalari, davr muammolari, kishilarning hayoti va faoliyatlarini erkin, har taraflama aks ettiruvchi mazkur janrning ijtimoiy-badiiy ta’siri ham muhimdir.Abstract
Badiiy publitsistikaning hayotga ta’siri keng va o‘ziga xosdir. Jamiyat hayotini ham publitsistik, ham adabiy-badiiy vositalar orqali tasvirlovchi publitsistikaning mazkur turi har tomonlama funksiyalarni bajaradi. Bu turga kiruvchi asarlar bir tomondan hayot voqea va hodisalari to‘g‘risida xabar bersa, ikkinchi tomondan uni tahlil ham qiladi va uchinchi tomondan esa hayotni san’at vositalari yordamida jonlantirib tasvirlash orqali o‘quvchilarning his-tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularni estetik jihatdan tarbiyalaydi.
References
1. Бакиева Г., Тешабаева Д. Оммавий ахборот воситалари тили. – Тошкент, “O’ZKITOBSAVDONASHRIYOT”, 2020. 171 бет.
2. Журналистика: босма оммавий ахборот воситаларида жанрлар ва маҳорат масалалари. V жилд. – Тошкент, “O’zbekiston”, 2019. 510 бет.
3. Худойқулов М. Журналистика ва публицистика. – Тошкент: “Тафаккур”, 2011. – 40-бет
4. Абдуазизова Н. Ўзбекистон оммавий ахборот воситаларини эркинлаштириш: генезис ва амалиёт. Тошкент: “Akademiya”, 2011.