IKKI MILLATNING BOQIY OHANGGI
Keywords:
musiqa sanʼati, Qurbonbay Zaretdinov, Háwjar, akapella, Yor-yor, xalq ijodi, etnik meros, ijro uslubiAbstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston musiqa sanʼati taraqqiyoti hamda bu jarayonda yirik sanʼat arbobi Qurbonbay Zaretdinovning ijodiy faoliyati keng tahlil qilinadi. Unda bastakor va dirijyorning musiqa taʼlimi, teatr va filarmoniya jamoalaridagi samarali mehnati, opera va balet sahnasidagi tajribasi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining bebaho namunalaridan biri — “Háwjar” qo‘shig‘ining Zaretdinov tomonidan akapella shaklida qayta ishlanishi alohida eʼtibor bilan o‘rganiladi. Maqolada ushbu asarning musiqiy tuzilishi, legato, polifoniya, dinamika va ovoz partiyalarining o‘ziga xos ijro xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, qoraqalpoq xalqining “Háwjar” kuy-qo‘shig‘i bilan o‘zbeklarning “Yor-yor” marosim qo‘shiqlari o‘rtasidagi badiiy, mazmuniy va marosimiy farqlar qiyosiy o‘rganilib, ularning etnik-maʼnaviy ildizlari yoritiladi. Tadqiqot yakunida xalq kuylarining jamiyat hayotidagi o‘rni, zamonaviy ijrochilikdagi talqini va maʼnaviy ahamiyati borasida muhim ilmiy xulosalar beriladi.
References
Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ "POPURRI" SHÍGARMASÍNÍN ÓZGESHELIGI //Becthnk my3bikn n ckycctba. - 2024. - T. 1.- Ne. 4.- C 52-57.
2. Kamalova,.G. & Dauletbaeva, G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. BecTHnK My3bIKn n MCKyCCTBa, 1(4), 89-94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231
3. Dauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. -2023.- T.2.- Ne. 10.- C. 880-884
4. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ "POPURRI" SHÍGARMASÍNÍŃ OZGESHELIGI //BeCThnK My3bIkn n nckycctBa. - 2024.- T. 1.- Ne. 4.- C. 52-57.
5. Kamalova,. G., & Dauletbaeva, G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. BecThnK My3bIKn w nckyCCTBa, 1 (4), 89-94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231 6. Kamalova G. QÁLEMI ÓTKIR KOMPOZITOR (D. Djańabaeva dóretiwshilik joli) //BecthnK my3bikn n nckycctba. - 2023. - T. 1.- Ne. 2. - C. 37-39,
7. Kamalova G.M. Kompozitor Dariko Djanabaeva Nókis, "Ilimpaz". 2023.-- 86-betDauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR//Modern Science and Research. - 2023. - T. 2.- Ne. 10.- C. 880-884