REAL VAQT OPERATSION TIZIMLARI (RTOS)NING SANOAT ROBOTOTEXNIKASIDAGI O‘RNI
Keywords:
Real vaqt operatsion tizimlarining sanoat robototexnikasidagi eng muhim xususiyati deterministik ishlashdir. Bu jarayon RTOSning vazifalarni qat’iy belgilangan vaqt ichida bajarishini ta’minlab, robotning har bir harakatida kechikishlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Robot manipulyatorlarining trayektoriya bo‘yicha harakatini boshqarish, motorlarga boshqaruv signallarini uzatish, sensor ma’lumotlarini qayta ishlash kabi vazifalar aynan real vaqt rejimida ishonchli bajarilishi kerak bo‘lgan jarayonlardir.Abstract
Hozirgi kunda sanoat robototexnikasi jadal rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Robotlar murakkab vazifalarni bajarishi, yuqori aniqlikda harakat qilishi va minimal kechikish bilan boshqarilishi talab etiladi. Shu sababli real vaqt operatsion tizimlari (RTOS) sanoat robotlari uchun eng muhim boshqaruv mexanizmlaridan biriga aylandi. RTOS robotlarning aniq, barqaror va tezkor ishlashini ta’minlaydi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligi va xavfsizligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Mazkur mavzu bugungi kunda robototexnika sanoatida RTOSning o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
References
1. Silberschatz, A., Galvin, P., Gagne, G. Operating System Concepts. Wiley, 2020.
2. Tanenbaum, A. S., Bos, H. Modern Operating Systems. Pearson, 2019.
3. Labrosse, J. J. MicroC/OS-II: The Real-Time Kernel. CMP Books, 2020.
4. Burns, A., Wellings, A. Real-Time Systems and Programming Languages. Addison-Wesley, 2016.
5. Buttazzo, G. Hard Real-Time Computing Systems. Springer, 2020.