YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYA: INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING MUHIM KAFOLATI
Keywords:
Konstitutsiyamiz mamlakatda har bir shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqilardan foydalanish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi. Shaxs daxlsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Bu ikki tushuncha mazmunini ko‘pchilik bir xil deb o‘ylasada mohiyatan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bular shaxsning bevosita o‘ziga tegishli bo‘lgan eng muhim mutlaq huquqlari bo‘lgani bois ularning farqlanishini bilish lozim.Abstract
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi”[1].
[1] O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasidan.
References
Umuman olganda, har bir fuqaro Konstitutsiyani va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini o‘z hayotida izchil tatbiq etishi, yuqori darajadagi huquqiy ongi va madaniyatni oshirishi hamda shaxsiy daxlsizlik huquqi va erkinliklarini bilishi bugungi kun talabidir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya nafaqat bugungi tinch va farovon hayotimizni barqaror taraqqiy etishining yagona huquqiy kafolati, balki yangi O‘zbekistonda yashovchi barcha fuqarolar manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy hujjatdir.