EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA LOGISTIKA TIZIMLARINING ROLI
Keywords:
eksport salohiyati, logistika tizimi, transport-logistika infratuzilmasi, ta’minot zanjiri, bojxona jarayonlari, raqamli logistika, raqobatbardoshlik.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada eksport salohiyatini oshirishda logistika tizimlarining tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda milliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Logistika infratuzilmasi, transport tarmoqlari, omborxona xo‘jaligi, bojxona jarayonlari va raqamli logistika yechimlarining eksport hajmi va sifatiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.
References
O‘zbekistonda avtomobil va temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlari va multimodal terminallarni barpo etish eksport jarayonlarining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun zamonaviy sovutkichli omborlar, logistika xablarining tashkil etilishi tez buziladigan mahsulotlar eksportini kengaytirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, bojxona tizimida raqamlashtirish, elektron deklaratsiya va “yagona darcha” mexanizmlarining joriy etilishi eksport qiluvchilar uchun vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirmoqda.