TRANSFORMATORLARNING YUQORI KUCHLANISH SHAROITIDAGI ISHLASH PRINSIPLARI VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Keywords:
Yuqori kuchlanish, Transformator, Samaradorlik, Bobin dizayni, Izolyatsiya, Magnit yadrolar, Termal boshqaruv, Supero‘tkazuvchi materiallar, Intellektual monitoring, Energiya uzatish.Abstract
Ushbu maqola yuqori kuchlanishli transformatorlarning ishlash prinsiplari, yuzaga keladigan muammolar va samaradorlikni oshirish usullarini tahlil qiladi. Transformatorlarning samarali ishlashi elektr energiyasini uzatish tizimlarida markaziy ahamiyatga ega bo‘lib, izolyatsiya materiallari, magnit yadrolar, bobin dizayni va termal boshqaruv tizimlarining sifatiga bog‘liq. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, supero‘tkazuvchi materiallar va intellektual monitoring tizimlari transformatorlarning yuqori kuchlanish sharoitida ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Maqolada yuqori kuchlanishli transformatorlarni samarali ishlashini ta’minlash va energiya yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan.
References
1. N.T.Toshpo‘latov, D.B.Qodirov – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – O‘quv qo‘llanma – T.: TIQXMMI. 2021
2. S.E.Qurbonazarov, J.A.Esonov, A.A.Igamberdiyev – “Qayta tiklanuvchi energiya turlaridan foydalanish” - Экономика и социум, 2023
3. A.A.Igamberdiyev - Shamol elektr stansiyalari energiyasi va uni konvertatsiyalash - “Yarim o‘tkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari: yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya - Namangan 4-5 oktabr, 2024
4. Igamberdiyev Abdumannon Abduvait o‘g‘li, Poyonov Navro‘z Shuhrat o‘g‘li - Quyosh energiyasidan akkumulyator batareyalarsiz foydalanish - Modern education and development international interdisciplinary research journal 08.05.2024