O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA TYUTORLIK INSTITUTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Authors

  • Ergashev Abdulaziz Ilxom o‘g‘li Author

Keywords:

tyutorlik, oliy ta’lim, individual yondashuv, kredit-modul tizimi, ta’lim islohotlari, talaba markazlashgan ta’lim.

Abstract

So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tub tarkibiy va mazmuniy islohotlar bosqichiga kirdi. Ushbu jarayonda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarga moslashish hamda talabaning individual ehtiyoj va qobiliyatlariga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish ustuvor vazifaga aylandi. Mazkur kontekstda tyutorlik tizimi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini individuallashtirishning muhim institutsional mexanizmi sifatida shakllanmoqda. Maqolada O‘zbekiston oliy ta’limida tyutorlik tizimining shakllanish bosqichlari, amaldagi tashkiliy modellar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinadi.

References

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda shaxsiy rivojini qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 2025-yil 17-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori qabul qilinib, oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ushbu qaror tyutorlik institutini tubdan isloh qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Published

2025-12-22

How to Cite

[1]
2025. O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA TYUTORLIK INSTITUTINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. Ustozlar uchun. 86, 3 (Dec. 2025), 296–299.