TYUTORLIK FAOLIYATIDA YANGI BOSQICH: SAMARADORLIKNI BAHOLASH TIZIMI

Authors

  • Xoliqov Shoxrux Ikromali o‘g‘li Author

Keywords:

Islohatlar natijasida, tyutorlik faoliyatining maqsadi va yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Nizomda tyutorlik faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari, tyutorlarning huquq va majburiyatlari, ularni tanlash, tayyorlash, boshqarish tartibi hamda malaka talablari aniq belgilandi. Tyutor endilikda faqat tashkiliy yoki nazorat vazifasini bajaruvchi emas, balki talabaning shaxsiy rivoji, ijtimoiy faolligi, ma’naviy barkamolligi va ta’limdagi muvaffaqiyatini yo‘naltiruvchi hamroh sifatida faoliyat yuritadi.

Abstract

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda shaxsiy rivojini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi bosqichga o‘tilmoqda. 2025-yil 17-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori qabul qilinib, oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ushbu qaror tyutorlik institutini tubdan isloh qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan.

References

Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori oliy ta’lim tizimida tyutorlik institutini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. KPI asosida baholash, raqamli monitoring, rag‘bat va jazo mexanizmlarining joriy etilishi natijasida tyutorlarning mas’uliyati ortib, talabalarga ko‘rsatilayotgan psixologik, ma’naviy va tashkiliy ko‘mak yanada sifatli va tizimli bo‘ladi.

Natijada, har bir talaba e’tibor markazida bo‘lgan, samarali va innovatsion ta’lim muhitiga ega oliy ta’lim tizimi shakllanadi.

Published

2025-12-23

How to Cite

[1]
2025. TYUTORLIK FAOLIYATIDA YANGI BOSQICH: SAMARADORLIKNI BAHOLASH TIZIMI. Ustozlar uchun. 86, 3 (Dec. 2025), 361–363.