YAPON TILIDA RASMIY MULOQOTDA FE’LLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Keywords:
Yapon tili, rasmiy fe’llar, keigo, pragmatika, sotsiollingvistika, tarjima, kontekstual foydalanishAbstract
Ushbu maqolada yapon tilida rasmiy muloqotda ishlatiladigan fe’llarning semantik va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasiga 丁寧語 (teineigo), 謙譲語 (kenjōgo), 尊敬語 (sonkeigo) shakllari va ularning kontekstga mos ishlatilishi kiradi. Natijalar ko‘rsatadiki, fe’llarning tanlovi nafaqat grammatik qoidalarga, balki pragmatik va sotsiollingvistik omillarga ham bog‘liq. Shu bilan birga, rasmiy fe’llar tinglovchining ijtimoiy mavqeini hisobga olgan holda nutqning muloyimligi, kamtarligi va hurmatini ifodalaydi. Tadqiqot yapon tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy tavsiyalar beradi, xususan, fe’llarning kontekstga mos ishlatilishi va tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklar bo‘yicha. Nodira (2017) ta’kidlaganidek, muloyimlik va ekspressiv birliklar madaniyatga xos bo‘lib, tarjimada qisman yo‘qolishi mumkin, shuning uchun rasmiy fe’llarning pragmatik jihatini chuqur tushunish muhimdir.
References
1. Ide, S. (2006). Yapon tilida rasmiy va hurmat shakillarining ijtimoiy, pragmatik va madaniy asoslari.
2. Brown, P., Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge University Press.
3. Makino, A. (2010). Keigo va til o‘rgatish. Japan Times, Kodansha.
4. Okamoto, S. (1997). Gender va rasmiy nutq. Journal of Pragmatics.
5. Nodira, K. (2017). The problem in translation from Japanese to Uzbek in the novel A Wild Sheep Chase: Focusing on Politeness. Literary Imagination, 19(3), 760–771.