TARIXIY OBIDALARNI ASRASH ORQALI HUDUDIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH (SHAHRISABZ SHAHRI MISOLIDA)
Keywords:
Shahrisabz, Amir Temur, Oqsaroy, Dor-ut Tilovat, Ko‘k Gumbaz, Shamsuddin Kulol, tarixiy meros, me’moriy yodgorlik, turizm, YUNESKO.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Shahrisabz shahrining tarixiy taraqqiyoti, me’moriy yodgorliklari va ularning bugungi kundagi ijtimoiy-madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan ushbu zaminda barpo etilgan Oqsaroy majmuasi, Dor-ut Tilovat ansambli, Ko‘k Gumbaz jome masjidi hamda Shamsuddin Kulol maqbarasining tarixiy, me’moriy va diniy-falsafiy jihatlari yoritiladi. Maqolada Dor-ut Tilovat majmuasining nomlanishi, uning Qur’on tilovati va islomiy ilm markazi sifatidagi ramziy mazmuni alohida ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, mustaqillik yillarida Shahrisabz shahrini qayta tiklash, madaniy merosni muhofaza qilish va turizm salohiyatini oshirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar yoritilib, shaharni zamonaviy turizm, ekoturizm va milliy madaniyatni targ‘ib etish markazi sifatida rivojlantirish istiqbollari asoslab beriladi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xotira va qadrlash” kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida 2017-yil 04-aprel. Toshkent www.prizident.uz
2. Drevsyanskaya Lunina S; Usmanova Z; Sultanov X; Shahrisabz.Toshkent; Universitet nashriyoti, 1994-yil. 2 tom -bet.
3. F.Aduxoliqov; A. Razzoqov; K. Rahimov; A.Hakimov; B.Abdulhamid. Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar qashqadaryo. Uzbekistan today. 2016-yil. 286-239-betlar.
4. R. Mamatov, “Temuriylar davrida diniy-ma’rifiy markazlar,” Toshkent, 2004. 122–126-betlar.
5. Sharafiddin Ali Yazdiy; tarjimon 0. Boʻriyev Zafarnoma (Movarounnahr voqealari) Toshkent Kamalak nashriyoti 1994-yil 185-186-bet.
6. Kamoliddinov Sh. S.Istoricheskaya geografiya yuzhnaga sogda. I Tokharistana araboyaznhym istochnikam IX - nachala XIII vekov.glava.1.Istoricheskaya yuzhnaga sogda Tashkent.1996.
7. Rajabov Qahramon. Shahrisabz OʻzME sh- harfi. Birinchi jild Toshkent.2000-yil.