KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G'OYALARNING MOHIYATI
Keywords:
Iqtisodiy taraqqiyot J. S. Mill ta’limoti bo‘yicha fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish ko‘payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko‘pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari). Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‘payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutulish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar.Abstract
Marksistik iqtisodiy fanda (marksist) bo‘lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an’anasi» mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan g‘oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus g‘oyalari bo‘lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T. Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo‘lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g‘azabini qo‘zg‘atgan. Nega T. Maltusni shunchalik yomon ko‘rishgan?
References
1. Smith A. Xalqlar boyligi tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot. – T.: Iqtisodiyot, 2007.
2. Ricardo D. Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari. – M.: Progress, 1993.
3. Mill J. S. Siyosiy iqtisod asoslari. – M.: Respublika, 1995.
4. Malthus T. R. Aholi soni qonuni haqida tajriba. – M.: Nauka, 1991.
5. Keynes J. M. Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi. – M.: Gelios ARV, 1999.
6. Veblen T. Bekorchilar sinfi nazariyasi. – M.: Progress, 1984.
7. Shumpeter Y. Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi. – M.: Progress, 1982.