ВUYUK IPAK YOʻLI»NING MARKAZIY OSIYODA IQTISODIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Authors

  • Yo’ldashev Abdusamadbek Author

Keywords:

Buyuk Ipak yo‘li insoniyat tarixidagi eng muhim savdo va madaniy yo‘llardan biri bo‘lib, u Sharq va G‘arb o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlagan. U nafaqat savdo, balki madaniyat, fan, din va ijtimoiy hayotning rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Ipak yo‘li orqali amalga oshirilgan almashinuvlar hozirgi zamonaviy dunyoning shakllanishi.

Abstract

Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevroра davlatlarini bogʻlovchi qadimgi savdo yoʻli - Buyuk ipak yoʻlidir. Bu yoʻl orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yoʻli» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yoʻllari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta Yer dengizi mamlakatlari o'rtasidagi savdosotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol oʻynagan. Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirgʻoqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yoʻnalgan. Karvon yoʻlining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida boʻlgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887-yil ushbu yoʻnalishga ilk bor «Buyuk ipak yoʻli» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi.

References

1. Karimov, I. (2011). O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdidlar, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O‘zbekiston.

2. Sodiqov, A. (2021). Buyuk Ipak Yo‘li va O‘zbekiston. Toshkent: Fan va texnologiya.

3. Ismoilov, R., Juraev, S. (2016). O‘zbekistonning geostrategik o‘rni va iqtisodiy rivojlanish perspektivalari. Toshkent: Sharq.

4. Abdurahmonov, K. (2018). Markaziy Osiyo savdo yo‘llari tarixi. Toshkent: Universitet nashriyoti.

5. Mirziyoyev, S. (2019). Yangi O‘zbekiston Strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Nashriyoti.

6. Nazarov, A. (2019). Buyuk Ipak Yo‘lining zamonaviy ko‘rinishi va O‘zbekiston. Toshkent: Bilim va taraqqiyot.

7. To‘raqulov, S. (2020). O‘zbekiston iqtisodiyoti: tarix va bugun. Toshkent: Iqtisod-Moliya.

8. Raximov, T. A., Ziyamuhamedov, H. (2022). O‘zbekistonning turizm salohiyati va uning iqtisodiyotdagi o‘rni. Toshkent: Turizm va sport.

Published

2026-01-26

How to Cite

[1]
2026. ВUYUK IPAK YOʻLI»NING MARKAZIY OSIYODA IQTISODIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI. Ustozlar uchun. 88, 2 (Jan. 2026), 402–406.