“MOLXONA” ASARINING O‘ZBEKCHA TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK VA MUQOBILLIK MUAMMOSI
Keywords:
badiiy tarjima, ekvivalentlik, muqobillik, allegoriya, tarjima transformatsiyalari, Jorj Oruell, Molxona.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada ingliz adibi Jorj Oruellning mashhur “Animal Farm” (“Molxona”) asarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi tarjima nazariyasi nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy tarjimada ekvivalentlik va muqobillik masalalari asosiy obyekt sifatida tanlangan. Asarda mavjud siyosiy allegoriyalar, ramziy obrazlar, shiorlar hamda madaniy birliklarning o‘zbekcha tarjimada qay darajada mos va adekvat ifodalangani misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, tarjimada qo‘llangan leksik, semantik, grammatik va stilistik transformatsiyalar alohida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Molxona” asari tarjimasida formal ekvivalentlikdan ko‘ra funksional muqobillik ustuvor bo‘lib, bu holat asarning g‘oyaviy va estetik mazmunini o‘zbek o‘quvchisiga samarali yetkazishga xizmat qilgan.
References
1. Orwell, G. Animal Farm. London: Secker & Warburg, 1945.
2. Komissarov V. N. Teoriya perevoda. Moskva: Vysshaya shkola, 1990.
3. Barkhudarov L. S. Yazyk i perevod. Moskva: Mejdunarodnye otnosheniya, 1975.
4. Nida, E. Toward a Science of Translating. Leiden: Brill, 1964.
5. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent: Fan, 1983.