QURILISH KORXONALARIDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRAL MODELI VA EMPIRIK NATIJALARI
Keywords:
Zamonaviy ilmiy qarashlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p omilli tahlil asosida ishlab chiqilgan boshqaruv modeli korxona faoliyatining turli tomonlarini yagona integral ko‘rsatkich orqali aks ettirish imkonini beradi. Bunday integral yondashuv korxona holatini kompleks baholash, barqaror rivojlanish nuqtalarini belgilash hamda resurslardan foydalanishning optimal yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, integral indekslar yordamida boshqaruv samaradorligining xavf darajalari ham tasniflanadi, ya’ni “yuqori”, “o‘rtacha”, “xavfli” va “juda xavfli” kabi toifalar asosida muammoli sohalar aniqlanadi. Bu esa strategik qarorlar qabul qilish, moliyaviy rejalashtirish hamda inson kapitalini boshqarishda muhim tahliliy asos vazifasini bajaradi.Abstract
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida, shu jumladan qurilish sohasida ham keng qamrovli institutsional hamda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan yangi qurilish siyosati mamlakat infratuzilmasini yangilash, aholi yashash muhitini yaxshilash, investitsiya jarayonlarini faollashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqarish muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu jarayonda ustuvor vazifalardan biri sifatida qurilish korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish, uni zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar hamda raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki qurilish tarmog‘i ko‘p omilli, kapital sig‘imi yuqori va tashqi muhit o‘zgarishlariga sezgir sohalar qatoriga kiradi, unda boshqaruv samaradorligi ichki va tashqi omillar majmui ta’sirida shakllanadi.
References
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki qurilish korxonalarining boshqaruv samaradorligini integral baholashning ahamiyati muhim bo‘lib, unda integral baholash asosida korxonaning barcha aspektlarini hisobga oladi, bu esa korxonaning umumiy holatini va rivojlanish istiqbollarini aniqroq baholash va boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari korxonada qaysi sohalar qo‘shimcha mablag’ talab etishini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga integral baholash orqali korxonalar o‘z raqobatbardoshligini oshirishi va bozor sharoitlariga moslashishi va strategiyalarini tuzishda yordam beradi.