QURILISH KORXONALARIDA RISKGA MOSLASHTIRILGAN BOSHQARUV MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Zamonaviy boshqaruv nazariyasida riskka moslashtirilgan yondashuvlar korxonaning strategik rejalashtirish tizimi, moliyaviy boshqaruvi, investitsiya qarorlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi muhim elementi sifatida qaraladi. Ayniqsa, BIM, ERP, IoT kabi raqamli texnologiyalarning joriy etilishi qurilish loyihalarida xavf – xatarlarni real vaqt rejimida kuzatish, xarajatlar va muddatlar bo‘yicha og‘ishlarni erta aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa risklarni boshqarishni an’anaviy funktsiyadan strategik raqobat ustunligiga aylantirishga xizmat qilmoqda.Abstract
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda qurilish sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shaharsozlik loyihalarini jadallashtirish, aholi turar joy sharoitlarini yaxshilash va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish jarayonlari qurilish tarmog‘i faoliyatidagi tavakkalchiliklar ko‘lamini ham sezilarli darajada oshirmoqda. SHu bois zamonaviy sharoitda qurilish korxonalarida boshqaruv tizimini risklarga moslashtirish, ya’ni iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy, texnologik va institutsional xavf – xatarlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish mexanizmlarini joriy etish strategik ahamiyat kasb etmoqda.
References
1. Kaplan R.S., Mikes A. Managing risks: A New Framework. // Harvard Business Review, 2012, Vol. 90, No. 6, pp. 48–60.
2. ISO 31000:2018. Risk management – Guidelines. International organization for standardization, Geneva, 2018.
3. Project Management Institute. A Guide to the project management body of knowledge (PMBOK Guide). 7th ed., Newtown Square, PA: PMI, 2021.
4. Committee of sponsoring organizations of the treadway commission (COSO). Enterprise risk management – Integrating with strategy and performance. New York, 2017.
5. Hillson D., Murray – Webster R. Understanding and managing risk attitude. 2nd ed., Farnham: Gower Publishing, 2017.
6. Arifdjanova Z.D. Strategies for improving management efficiency in construction enterprises. // Academic Journal of Digital Economy and Stability, 2025, Vol. 38, Issue 3, pp. 203–213.