LEKSIKOLOGIYA: TIL LUG'AT TARKIBINING TUZILISHI VA TARAQQIYOTI
Keywords:
leksema, leksikologiya, semasiologiya, stilistika, leksika, polisemantik.Abstract
Mazkur maqolada tilning lug‘at tarkibi jamiyatning madaniy, ilmiy va ijtimoiy taraqqiyotini aks ettiruvchi muhim qatlam sifatida talqin qilinadi. Leksikologiya fanining mohiyati, uning tadqiqot obyekti va asosiy yo‘nalishlari yoritilib, so‘zlarning hosil bo‘lishi, lug‘at boyligining kengayishi, ma’nolarning o‘zgarishi hamda nutqda qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, leksikologiyaning semasiologiya, fonetika, grammatika va stilistika kabi tilshunoslik bo‘limlari bilan uzviy aloqasi ochib beriladi.Xususan, akademik Azim Hojiyev tomonidan ilgari surilgan so‘z ta’rifi asosida leksik birlikning nutqdagi shakl va vazifalari, tovush qobig‘i, grammatik ma’no va funksional imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, til lug‘at tarkibining doimiy ravishda boyib borishi, so‘z ma’nolarining tarixiy taraqqiyoti va semantik o‘zgarishlari “domla”, “rais” kabi so‘zlar misolida izohlanadi. Maqola leksikologiya sohasida so‘zning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
References
1.A.A.Abduazizov Tilshunoslik nazariyasiga kirish "Sharq" nashriyoti-matbaa Aksiyadorlik kampaniyasi Bosh tahririyat Toshkent-2010
2.Ibrohim Yo‘ldoshev,O‘lmas Sharipova Tilshunoslik asoslari Toshkent"Iqtisod-Moliya".2007
3.M.T.Irisqulov Tilshunoslikka kirish
4.Hojiyev.A Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati