ISLOM MOLIYALASHTIRISH XIZMATLARI ASOSIDA KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH USULLARI

Authors

  • Atabekova Shaxnoza Ashrabbek qizi Author

Keywords:

Islom moliyalashtirish, kichik biznes, oʻrta biznes, mudorobah, musharaka, murabaha, ijara, Islom banklari, moliyaviy instrumentlar, risklarni boshqarish, kapital jalb qilish, barqaror rivojlanish, shariat prinsiplari, likvidlik.

Abstract

Ushbu tezisda islom moliyalashtirish xizmatlari asosida kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda islom moliyasining asosiy tamoyillari, xususan, ribo taqiqlanishi, risklarni adolatli taqsimlash, real aktivlar bilan taʼminlangan bitimlar, shaffoflik va ijtimoiy masʼuliyat masalalari yoritiladi. Kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun mos boʻlgan murabaha, mushoraka, mudaraba, ijara va salam kabi moliyalashtirish instrumentlarining mazmuni, afzalliklari hamda qoʻllash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, islomiy moliyalashtirishning anʼanaviy bank kreditlariga nisbatan ustun jihatlari, xatarlarni kamaytirish imkoniyatlari va barqaror o‘sishga qo‘shadigan hissasi asoslab beriladi. Tezisda rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tajribasi, jumladan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda islomiy moliya institutlarining roli misollar orqali ochib beriladi. O‘zbekiston sharoitida islom moliyalashtirish xizmatlarini joriy etishning huquqiy, institutsional va tashkiliy omillari, mavjud muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2019) “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasiga a’zoligi to‘g‘risida”gi Qarori. 1-fevral, PQ-4147-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2019) “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 5-mart, PQ-4224-son.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2010) “O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankining obuna kapitalidagi qo‘shimcha aksiyalarga obuna bo‘lishi to‘g‘risida”gi Qarori. 8-oktyabr, PQ-1414-son.

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (2024) “Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori. 26-iyul, 3536-son.

5. Мусаев Р., Магомедова Ю. (2013) Исламские финансовые институты в мировой экономике // Вестник Московского университета. Серия 6: Экономика, (2).

6. Элакова А.А., Шаймарданова Л.И. (2015) Исламские финансовые институты // Проблемы экономики и менеджмента, 5(45), 113–119.

7. Hafsi A. (2024) The Islamic Windows in Traditional Banks, Tec Empresarial, 19(1), 366–381.

8. Salh Sh.A. (2019) Islamic Windows of the Conventional Banks: Challenges and Solutions // 4th International Legal Issues Conference.

9. Кузнецова Т. (2015) Исламский банкинг: особенности кредитования инвестиционных проектов // Финансовая жизнь, (2), 22–25.

10. Almuradov O.A. (2021) O‘zbekiston tijorat banklarida islom bank xizmatlari bozorini rivojlantirish istiqbollari // Scientific Journal Impact Factor, 1(4), 854–860.

Published

2026-02-10

How to Cite

[1]
2026. ISLOM MOLIYALASHTIRISH XIZMATLARI ASOSIDA KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH USULLARI. Ustozlar uchun. 89, 2 (Feb. 2026), 146–154.