JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI: MILLIY VA XORIJIY MASALALAR YUZASIDAN TAHLIL

Authors

  • Normurodov Sherzod Shuxratovich Author

Keywords:

Hozirgi globallashuv sharoitida jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, jinoyatlarni to‘g‘ri va adolatli kvalifikatsiya qilish masalasi davlatlarning huquqni qo‘llash amaliyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayoni jinoyat qonunchiligining mazmunini amaliyotga tatbiq etishning asosiy bosqichi bo‘lib, aynan ushbu jarayonda shaxsning xatti-harakatiga to‘g‘ri huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Jinoyat tarkibi elementlarini noto‘g‘ri aniqlash yoki ularni yetarli darajada hisobga olmaslik tergov va sud amaliyotida xatolarga, pirovardida esa adolatsiz qarorlar chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

Abstract

Mazkur maqolada jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibi elementlarining ahamiyati qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi xorijiy davlatlar, xususan Rossiya, Moldova, Germaniya, Janubiy Koreya va Avstraliya jinoyat qonunchiligi bilan taqqoslab tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari, jinoyat subyekti yoshi, ayb shakllari hamda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi o‘ziga xos yondashuvlar yoritib berilgan. Xorijiy tajriba asosida milliy qonunchilikni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3723-son Qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. – Amaldagi tahrir.

2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – 1994-yil 22-sentabr. – Amaldagi tahrir // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.

3. Кудрявцев В.Н. Общая теория квалификации преступлений. – Москва: Норма, 2007.

4. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. – Toshkent: Nasaf, 2010.

5. Yoqubov A.S., Kabulov R.A. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009.

6. Xudoyqulov F.X. Jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ularning obyektiv va subyektiv belgilari o‘zaro munosabati // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. – 2021. – 6-jild, 11-son.

7. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi. – 1996-yil 13-iyun. – Amaldagi tahrir.

8. Moldova Respublikasi Jinoyat kodeksi. – 2002-yil 18-aprel. – Amaldagi tahrir.

9. Germaniya Jinoyat kodeksi (Strafgesetzbuch). – Amaldagi tahrir.

10. Janubiy Koreya Respublikasi Jinoyat kodeksi. – 1953-yil 18-sentabr. – Amaldagi tahrir.

11. Avstraliya Jinoyat kodeksi (Criminal Code Act 1995). – Amaldagi tahrir.

Published

2026-02-10

How to Cite

[1]
2026. JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI: MILLIY VA XORIJIY MASALALAR YUZASIDAN TAHLIL. Ustozlar uchun. 89, 2 (Feb. 2026), 273–286.