MUROJAATNOMA-TARAQQIYOT YO‘LIMIZNING MUHIM DASTURI

Authors

  • Xoliqov Shoxrux Ikromali o‘g‘li Author

Keywords:

Liberalizm ruhidagi demokratik islohotlar g‘oyasining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Immanuil Kant inson huquqlarini umumiy va universal tamoyil sifatida qo‘llagan siyosiy mutafakkirlardan edi. Kantning fikricha, davlatdagi qonunlar xalq irodasini ifodalashi lozim, chunki qonun ustuvorligi va adolat aynan xalq irodasiga tayangandagina legitim bo‘la oladi. Shu bilan birga, Kant barcha fuqarolarga teng saylov huquqi berish masalasida ehtiyotkor pozitsiyada bo‘lgan.

Abstract

  Davlat jamiyat taraqqiyotining muhim instituti sifatida avvalo jamiyatda tinchlik va tartibni ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlash hamda umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Tinchlik va huquqiy tartib mavjud bo‘lmagan jamiyatda na iqtisodiy rivojlanish, na ijtimoiy adolat, na shaxs erkinligi to‘laqonli ta’minlanishi mumkin. Shu bois davlatning mavjudligi va samarali faoliyati jamiyat hayotida zaruriy shart sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq zamonaviy demokratik qarashlarga ko‘ra, davlatning pirovard va oliy maqsadi faqatgina tartib o‘rnatish bilangina cheklanmaydi. Uning asl vazifasi jamiyat a’zosi bo‘lmish insonning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, inson qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etishdan iboratdir.

References

2025-yilgi Murojaatnoma O‘zbekiston taraqqiyotining yaqin va o‘rta muddatli strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi kompleks dasturdir. Unda mahalla infratuzilmasidan tortib, innovatsion iqtisodiyot, inson kapitali, ekologik barqarorlik va adolatli davlat boshqaruvigacha bo‘lgan barcha ustuvor vazifalar yagona mantiqiy tizimda mujassam etilgan. Ushbu islohotlarning markazida inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash g‘oyasi turibdi. Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan va fuqarolar xavfsizligi kafolatlangan jamiyatda investitsiya ham, turizm ham, barqaror taraqqiyot ham izchil rivojlanadi.

Published

2026-02-16

How to Cite

[1]
2026. MUROJAATNOMA-TARAQQIYOT YO‘LIMIZNING MUHIM DASTURI. Ustozlar uchun. 90, 1 (Feb. 2026), 73–77.