YURIDIK UNIVERSITET TALABALARI MAHALLALARDA: NAZARIY BILIMDAN AMALIY MAS’ULIYAT SARI

Authors

  • Ergashev Abdulaziz Ilxom o‘g‘li Author

Keywords:

Mahalla, yuridik ta’lim, talabalar amaliyoti, dual ta’lim, ijtimoiy profilaktika, jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy yordam, huquqiy targ‘ibot, kriminogen vaziyat, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi, xavfsiz muhit, huquqiy madaniyat.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirishga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi doirasida yuridik universitet talabalari ishtirokining ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, talabalarning mahallalarda amaliyot o‘tashi, fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatishi, huquqiy targ‘ibot ishlarida qatnashishi va dual ta’lim tamoyili asosida nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishi yoritilgan. Shuningdek, mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish, yoshlar va ayollar jinoyatchiligini profilaktika qilish, ijtimoiy-maishiy muammolarni huquqiy yechimlar asosida hal etishda talabalar faoliyatining o‘rni ochib berilgan. Maqolada yuridik ta’lim va amaliyot integratsiyasi huquqiy davlat barpo etishning muhim omili sifatida baholanadi.

References

Yuridik universitet talabalarining mahallalarda amaliyot o‘tashi – bu oddiy o‘quv jarayonining bir qismi emas. Bu – huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi amaliy qadamdir. Prezident qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda talabalarning ishtiroki yosh avlodni mas’uliyatli, tashabbuskor va professional kadrlar sifatida shakllantirmoqda.

Published

2026-02-16

How to Cite

[1]
2026. YURIDIK UNIVERSITET TALABALARI MAHALLALARDA: NAZARIY BILIMDAN AMALIY MAS’ULIYAT SARI. Ustozlar uchun. 90, 1 (Feb. 2026), 83–87.