“MILLIY MUSIQA TA’LIMINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
Keywords:
Milliy musiqa ta’limi, innovatsion pedagogik texnologiyalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, globallashuv, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim qonunlari, pedagogik kadrlar tayyorlash, xalqaro hamkorlik, musiqa ta’limining ijtimoiy-psixologik ahamiyati, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, musiqa ta’limining rivojlanish istiqbollari.Abstract
Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasida milliy musiqa ta’limining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy qadriyatlarni saqlashda va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, globallashuv jarayonlari ta’lim tizimiga yangi chaqiriqlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu ishda musiqa ta’limining ijtimoiy-psixologik va ma’naviy-axloqiy ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi asosiy qonunlari va qarorlarining musiqa ta’limiga ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Milliy musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikrlar yuritiladi.
References
1. A.Jabborov “Musiqali drama va komediya janrlari O'zbekiston kompozitorlarining ijodiyotida”. -Т.: G‘.G‘ulom, 2000 y.
2. Oyto‘rayev.A. XX-asr o‘zbek musiqa tarixi “Innovations in Science and Technologies” scientific electronic journal.ISSN;3030-3451. (140-143)bet.
3. Ergasheva Ch. “Bastakorlik ijodiyotida nazira” // Guliston. Ijtimoiysiyosiy, ilmiy-badiiy, madaniy-ma’rifty jurnal, - Toshkent, 2010/1. 37-b.
4. Ibrohimov О. O‘zbek xalq musiqa ijodi. 1-qism (metodik tavsiyalar) –
5. Toshkent: O‘zR XT o‘quv metodik markazi, 1994, 62-b.