QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN MAYDONLARINING EKOLOGIK HOLAT MA’LUMOTLARINI BAHOLASH ALGORITMLARI
Keywords:
Ekologik monitoring, NDVI, tuproq sho‘rlanishi, GIS texnologiyalar, masofadan zondlash, geostatistika, integral ekologik indeks, Orolboʻyi, barqaror yer boshqaruvi.Abstract
Ushbu maqolada arid iqlim sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik holatini va Orol dengizi ekologik inqirozi oqibatlarini baholash algoritmlari ko‘rib chiqilgan. Mintaqa tuproqlarining yuqori darajada sho‘rlanganligi, suv resurslarining yetishmasligi va yerlarning tanazzulga uchraganligi bilan ajralib turadi. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sug‘oriladigan yerlarning 20% dan ortig‘i sho‘rlanishga moyil, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 30-50% ga yetadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning sug‘oriladigan yerlarining katta qismi o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar toifasiga kiradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 02.07.2020-yil // lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-130-sonli Farmoni, 12.08.2025-yil // lex.uz
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 22-sonli qarori, 14.01.2022-yil // lex.uz
4. R.N.Usmonov, K.K.Seytnazarov, R.I.Oteniyazov, D.B.Seytniyazov. Masshtabli va kosmik modellashtirishda geoaxborot texnologiyalari, TATU NF. 180-bet. Nukus 2020-y. O‘quv qo‘llanma.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2023). Qishloq xo‘jaligi yer fondi statistik to‘plami.
6. Tucker, C.J. (1979). Remote Sensing of Environment.
7. ESA (2022). Sentinel-2 User Guide.
8. USGS (2021). Landsat 8 Data Users Handbook.