O’SMIRLARDA UCHRAYDIGAN AXLOQIY O’ZGARISHLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI
Keywords:
Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor — mikroijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog’liq me'yordan og’uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorniAbstract
O’smirlik davri (11 —15 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg’un faoliyatning faollashuvi davrida organizmning barcha organlarining jadal farqli ravishda o’smir o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Odatda, xulqiy og’ishdagi deviatsiyalar o’smirlik davrida yuzaga keladi. O’smirlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni "o’tish davri" ham deb atashadi, chunki o’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z, navbatida, ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarida yangi shakllarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi, unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi. Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me'yorlaridan chetga chiqqan o’smirlar "xulqi og’ishgan o’smir" deyiladi.
References
Xulosa qilib aytganda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’al sinflarga ajralishi, aholi ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat. Axloqiy omillar, bir tomondan, zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida va qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyatda deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qaralishida o’z aksini topadi.