ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “HAYOTDAN NAF UNDIRGAN…” SHE’RIDA HAYOT MA’NOSI VA INSONIY KECHINMALAR TALQINI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

hayot falsafasi, insoniy fazilatlar, dard va iztirob, muhabbat, saxovat, fidoyilik, kamtarlik, poetik obraz, ma’naviy kamolot, lirik qahramon, hayot ma’nosi, badiiy tafakkur, ruhiy kechinmalar, falsafiy lirika.

Abstract

Aleksandr Arkadevich Faynber XX asr o’zbek va rus adabiyotida o’ziga xos poetik ovozi bilan ajralib turgan va keng kitobxonlar ommasi diqqat markazida bo’lgan ijodkorlardan biri hisoblanadi.Uning she’riyatida inson ruhiyati,hayot falsafasi va ma’naviy kamolot singari teran mavzular yoritilgan asarlar talaygina.Shoir asarlarida inson qalbidan o’tkazayotgan turli kechinmalar,uning hayot yo’ida duch kelgan sinovlari va ruhiy tajribasini badiiy-falsafiy ruhda yoritib beradi.Faynberg asarlari hayotning faqat shodlik-u quvonchdan iborat emasligi,inson vaqti-vaqti bilan yuzlashadigan iztirob va sinovlar uni shaxsiy yetuklik cho’qqisiga olib chiquvchi muhim omil ekanligi to’g’risida ham so’z boradi.Shoir ko’pincha hayotiy haqiqatlarni sodda,biroq chuqur ma’noga ega bo’lgan obrazlar vositasida tasvirlaydi.Uning lirikasidagi kamtarlik,fidoyilik,saxovat kabi insoniy fazilatlar yuksak qadriyat sifatida ulug’lanadi.Shu bilan bir qatorda,moddiy yutuqlar ortidan ergashib,hayot ma’nosini esidan chiqardan shaxsga tanqidiy nuqtai nazardan baho beriladi.Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg ijodidagi hayot ma’nosi va insoniy kechinmalar “Hayotdan naf undirgan…” misralari bilan boshlanuvchi she’ri misolida yoritiladi.

References

1. www.ziyouz.com — “Aleksandr Faynberg she’riy merosi” rukni ostidagi maqolalar to‘plami.

2. Faynberg A. Uchrashuv. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2020.

3. Qosimov B. Zamonaviy o‘zbek lirikasida falsafiy yo‘nalishlar. — Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019.

4. https://arm.samdchti.uz/library/download/692

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

6. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.

Published

2026-03-08

How to Cite

[1]
2026. ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “HAYOTDAN NAF UNDIRGAN…” SHE’RIDA HAYOT MA’NOSI VA INSONIY KECHINMALAR TALQINI. Ustozlar uchun. 91, 1 (Mar. 2026), 294–298.