ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “KUZ XAZONI VA HIJRON ARO…” SHE’RIDA MUHABBAT VA AYRILIQ FALSAFASI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

muhabbat falsafasi, ayriliq motivi, kuz timsoli, xazon obrazi, hijron, inson ruhiyati, falsafiy lirika, vaqt va o‘tkinchilik, sog‘inch, romantik kechinma, ichki monolog, ramziylik, poetik tafakkur, sevgi va iztirob.

Abstract

Aleksandr Arkadevich Faynberg XX asr o’zbek adabiyotining zabardast namoyondasi,o’zining o’nlab she’riy to’plamlari,ssenariylari,tarjimalari bilan milliy adabiyotimiz ravnaqiga mislsiz hissa qo’shgan,uning dovrug’ini dunyoning turli burchaklarigacha ovoza qilgan atoqli arboblardan biri hisoblanadi.Shoir she’riyatida tashqaridan oddiy ko’rinadigan holatlar ham ko’pincha ma’naviy va ruhiy mazmunni o’zida mujassamlashtirgan.Faynberg nazmida inson qalbining nozik tuyg’ulari,ayriliq azobi,muhabbat qudrati va vaqtning beqarorligi o’ziga xos poetik ohang bilan yoritiladi.Ijodkorning muhabbat xususida bitgan she’rlari faqat romantik hislar jamlanmasidan iborat emas.U muhabbatni inson ruhiyatining eng murakkab va chuqur holati sifatida tasniflaydi. Bunday lirik parchalar aksariyat hollarda sog’inch, hijron, vaqtning o’tkinchiligi va ichki iztirob uyg’unlashib ketadi. Shoir muhabbatni baxt va dard birlashgan ruhiy kechinma sifatida ko’rsatadi.Faynberg lirikasida tabiat manzaralaridan shu kabi nozik kechinmalarni ifodalashda keng foydalanadi. Ayniqsa, kuz manzarasi fonida muhabbat, ayriliq va inson ko’nglining iztiroblari ta’riflangangan bo’lib, o’zgacha timsollar orqali shoir ma’naviy mazmun yaratadi.Ushbu maqola Aleksandr Arkadevich Faynbergning “Kuz xazoni va hijron aro” misralari bilan boshlangan she’ridagi muhabbat va ayriliq falsafasini yoritishga bag’ishlanadi.

References

1. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi

2. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

3. Faynberg A. Uchrashuv. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2020.

4. Qosimov B. Zamonaviy o‘zbek lirikasida falsafiy yo‘nalishlar. — Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019.

5. Ruzikulova M. She’riyatda ruhiy kechinma va badiiy ifoda uyg‘unligi. — “Adabiyot nazariyasi jurnali”, №3, 2022.

6. ZiyoNET ta’lim portali materiallari.

Published

2026-03-08

How to Cite

[1]
2026. ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “KUZ XAZONI VA HIJRON ARO…” SHE’RIDA MUHABBAT VA AYRILIQ FALSAFASI. Ustozlar uchun. 91, 1 (Mar. 2026), 299–303.