ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “KECHA” SHE’RIDA TABIAT VA RUHIY SOKINLIK TASVIRI
Keywords:
tun manzarasi, tabiat tasviri, poetik obraz, badiiy tasvir vositalari, qishloq hayoti, lirik kayfiyat, oy nuri ramzi, musiqiylik, poetik ohang, tasviriylik, ruhiy sokinlik, romantik manzara, falsafiy mushohada.Abstract
XX asr o’zbek adabiyoti muhitida o’zining badiiy tafakkuri,samimiy lirizmi va falsafiy qarashlari bilan ajralib turgan buyuk shoirlardan biri bu- Aleksandr Arkadevich Faynberg.Uning nazmida inson ruhiyati,hayot falsafasi,kundalik turmushning turli lavhalari va tabiat manzaralari hamohamglikni kasb etadi.Shoir asosan sodda real hodisalar va sokin tabiat manzaralari vositasida chuqur ruhiy kechinmalarni tasvirlab beradi.Faynbeg lirikasi tasvirga boylik,musiqiylik va timsollarga to’yintirilganlik kabi fazilatlarni o’zida jamlagan bo’lib,kitobxonni tashqi dunyodagi voqeliklarga o’zgacha nigoh bilan nazar solishga undaydi.Tabiat tasnifi,elementlari shoir she’riyatidagi asosiy tasvir vositalaridan hisoblanadi va shuning uchun muhim ahamiyatga ega.Faynberg uchun tabiat manzaralari oddiy fon emas,inson ruhiyati va uning xususiyatlarini ifodalovchi asosiy vosita.Ayniqsa kechki va tungi manzaralar asnosida ijodkor sokinlik,osoyishtalik va ichki mushohadani beqiyos badiiy-poetik uslubda ifodalab beradi.Mazkur maqola Aleksandr arkadevich Faynbergning “Kecha” she’ridagi tabiat va ruhiy sokinlik tasvirini yoritib berishga bag’ishlangan.
References
1. Aleksandr Faynberg. Tanlangan she’rlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 2009.
2.Aleksandr Faynberg. She’rlar va dostonlar. – Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 2015.
3.XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 2008.
4.Oʻzbek adabiyoti nazariyasi. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2012.
5.Zamonaviy o‘zbek she’riyati tadqiqotlari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
6. www.ziyouz.com — “Aleksandr Faynberg she’riy merosi” rukni ostidagi maqolalar to‘plami.