ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “O’T YOQDIM.GULXANIM,YONAVER LOV-LOV…” SHE’RIDA TABIAT VA ICHKI KECHINMALAR UYG’UNLIGI
Keywords:
falsafiy lirika, tabiat tasviri, inson ruhiyati, tayga manzarasi, hayot falsafasi, poetik obraz, lirik kechinma, badiiy tasvir, vaqt va umr tushunchasi.Abstract
Aleksandr Arkadevich Faynberg o’zbek she’riyatida o’ziga xos falsafiy tafakkuri,teran falsafiy fikr-mulohazalari va samimiy lirizm bilan e’tirof etilgan, dunyo minglab va hatto millionlab kitobxonlari qalbini zabt etgan ardoqli shoirdir.Shoir inson ruhiyati,hayotning o’tkinchiligi,tabiat manzaralari va ichki kechinmalarni birlashtirib go’zal she’riy namunalar yaratgan.Soddagina tabiat tasvirlari orqali inson qalbining eng nozik kechinmalarini ko’rsatish Faynberg she’riyatiga xos bo’lgan eng ajoyib jihatlardan biri hisoblanadi. Shoir lirikasida tabiat manzaralari ko’pincha insonning hayot haqidagi mushohadalari bilan uzviy bog’liqlikka ega. O’rmon, yomg’ir, shamol, daraxtlar, olov kabi obrazlari bilan hayot mohiyati, vaqt o’tishi, ruhiy izlanishlar ifodalanadi. Mazkur maqola Aleksandr arkadevich Faynbergning xuddi shunday xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan “O’t yoqdim. Gulxanim,yonaver lov-lov…” misralari bilan boshlanuvchi she’riga bag’ishlanadi.
References
1. Aleksandr Faynberg. Tanlangan asarlar. Toshkent: Adabiyot nashriyoti, 2005.
2.Qodirov, N. XX asr o‘zbek she’riyati tarixi. Toshkent: Fan, 2010.
3.Toshpulatov, A. O‘zbek lirikasida tabiat va falsafiy mushohada. Toshkent: Adabiyot va san’at, 2015.
4.Mamatqulov, S. O‘zbek she’riyati poetikasi va obrazlilik. Toshkent: Fan, 2012.
5.Xudoyberdiyev, R. Lirik kechinmalar va inson ruhiyati o‘zbek she’riyatida. Toshkent: Sharq, 2018.
6.Abdullayev, D. Falsafiy lirika va tabiat ramziyligi. Toshkent: Adabiyot nashriyoti, 2016.
7.Karimov, F. She’riyat va poetik tafakkur. Toshkent: O‘zbekiston, 2014.