YUNON BAQTRIYA TANGALARI.
Keywords:
Yunon-Baqtriya tangalari tehnikaviy ijrosi jihatidan va hususan, podshohlarning siymosini aks ettirishdagi badiiy ifoda usullari jihatidan eng balad saviyadavarb etilgan Ellada tangalaridan ustun turadi, Qadimgi Gresinda Yunon-Baqtriya tangalari Sitsiliyaning denadrahma hamda tetradrahmasi bi¬lan bir qatorda antik davr tangavarb etish ishining eng nodir namunasi hisoblanardi. Ularning fikricha:Abstract
Tangalar insoniyat tarixida iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni o‘rganishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Ular nafaqat pul muomalasining rivojlanishini, balki davlatlarning siyosiy hokimiyati, diniy e’tiqodlari va san’at darajasini ham aks ettiradi. Ayniqsa, O‘rta Osiyo hududida zarb etilgan qadimgi tangalar mintaqaning boy tarixiy merosi hamda savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanganidan dalolat beradi.Miloddan avvalgi III asrdan boshlab O‘rta Osiyoda pul muomalasi asta-sekin shakllana boshlagan. Bu jarayon Yunon-Baqtriya podsholigi hamda Parfiya davlati davrida yanada rivojlanib, tangalar asosan kumush, mis va ba’zan oltindan zarb etilgan. Yunon-Baqtriya tangalari o‘zining badiiy bezagi, hukmdorlar siymosi hamda yunon mifologiyasiga oid ma’budlar tasviri bilan ajralib turadi.
References
1. Elizavetin. G. “Pulnoma” Toshkent 1979 yil
2. Pidaev. Sh. “Tangalar davr ko’zgusi” Toshkent 1984yil
3. To’xtaev. I. “Tangalar tilga kirganda” Toshkent 1989yil
4. To’xtiev. I. “Amir Temur va temuriylarning moliya-pul siyosati” Toshkent 2006 yil