JADIDCHILIK YO‘LIDA MA’RIFATPARVARLAR HAYOTI.
Keywords:
Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li 1909-yili Toshkentda “Jamiyati xayriya” uyushmasini tuzib, “Turon” nomli jamiyatni ochadi. 1918-yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib tayinlanadi. Uning saʼy-harakati bilan 1918-yilning 2-iyunida dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918-yilda “Turk o‘chog‘i” ilmiy-maʼrifiy jamiyatini tashkil qiladi. Munavvar qori 1920-yillarda o‘zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan “Milliy ittihod” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga rahbarlik qiladi.Abstract
Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib, shoir, murabbiy, muharrir, maʼrifatparvar, jamoat arbobi 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‘ilgan.
Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon o‘g‘li mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxo‘ja Shorahimxo‘ja mudarris qizi otinoyi bo‘lgan.
Munavvar qori oilada uchinchi o‘g‘il bo‘lib, katta akalari Aʼzamxon
(1872-1919) va Muslimxon (1875-1954) lar muallim bo‘lgan.
References
1. Munavvar Qori Abdurashidxonov. Hayoti va faoliyati. Toshkent, 1995.
2. Abdulla Avloniy. Hayoti, ijodi va merosi. Toshkent, 2002.
3. Tavallo – To‘lagan Xo‘jamyorov. Jadidchilik va milliy madaniyat. Toshkent, 2010.
4. Karimov A. O‘zbekiston jadidchilik harakati tarixi. Toshkent, 1989.