“HAYOT ABADIY” ASARIDA INSON VA HAYOT FALSAFASI
Keywords:
Hayot falsafasi, inson umrining o‘tkinchiligi, abadiylik g‘oyasi, Nodir Ro‘ziqulov obrazi, ruhiy iztirob, oila munosabatlari, jamiyat bosimi, pushaymon, yashash uchun kurash, inson qadri, ma’naviy kechinmalar, badiiy tahlilAbstract
Ushbu maqolada “Hayot abadiy” asarida inson va hayot falsafasi masalalari tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Nodir Ro‘ziqulovning ruhiy kechinmalari, ichki ziddiyatlari hamda hayot sinovlari qarshisidagi holati orqali inson umrining o‘tkinchiligi va hayotning davomiyligi yoritiladi. Muallif qahramonning o‘zini o‘lgandek tasavvur qilishi orqali inson hayotining qadri, yaqinlar mehrining ahamiyati hamda yashash uchun kurash g‘oyasini ochib beradi. Shuningdek, asarda oila, jamiyat va vaqt omilining inson taqdiriga ta’siri falsafiy ruhda talqin etiladi. Tadqiqot natijasida asarning asosiy g‘oyasi — hayot har qanday sharoitda davom etishi va inson tirik ekan, o‘z hayotini o‘zgartirish imkoniyatiga ega ekani — degan xulosaga kelinadi.
References
1. Aliyeva E‟zoza Zokirjon qizi, “O‟zbek hikoyachiligida Shukur Xolmirzayev ijodi” O„Zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar Va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 13-son 20.11.2022
2. Shaxobov K.B. Hozirgi o‘zbek nasrida o‘tish davrining badiiy talqini (Shukur Xolmirzaev asarlari asosida): filol. Fanlari falsafa dok. diss.. avtoref. – Farg‘ona, 2019. – 53 b.
3. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/shukur-xolmirzayev/shukur-xolmirzayev-hayot-abadiy-hikoya/